Joriy yilning 16-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Rossiya — olimlar mamlakati. Yosh tibbiyot” Butunrossiya yozgi forumining ilmiy-ta’limiy pitch-sessiyasi bo'lib o'tdi.
V.P. Filatov nomidagi Xalqaro Biotibbiyot Texnologiyalarini Rivojlantirish Jamg‘armasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va universitet huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan saralash bosqichida ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini ham bevosita, ham onlayn tarzda taqdim etdilar. Mazkur sessiyada Qozog'iston, Qirg'iziston va tojikistondan ham talabalar ishtirok etdi.
Bu mintaqada yagona ilmiy makon yaratish hamda tibbiy innovatsiyalar yo‘nalishida iste’dodli yosh tadqiqotchilarni aniqlash yo‘lidagi muhim qadam bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Ma'lumot o'rnida aytish joizki, saralash bosqichi g'oliblari 22–25-iyun kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan "ROSSIYA — OLIMLAR MAMLAKATI. YOSH TIBBIYOT” Butunrossiya yozgi forumida qatnashadilar.








