x

Zamonaviy genetika rivojiga bag‘ishlangan workshop o‘tkazildi

    11.05.2025

     Bugungi kunda genetik tibbiyot sohaning eng muhim va tez rivojlanayotgan yo‘nalishi hisoblanadi. Genetik tibbiyot tajribasi va yangi texnologiyalarni mamalakatimiz sog‘liqni saqlash tizimiga joriy qilish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
     2025 yilning 10-may kuni SamDTU huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida  "Zamonaviy genetika va genetik texnologiyalar" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda sohaga doir so‘nggi yangiliklar va texnologiyalar haqida ma’lumotlar berildi.

      Seminar davomida HRBP BGI Genomics (Xitoy) spikeri Roman Zubarev tomonidan Xitoyda mazkur sohada faoliyat yuritish va genetik laboratoriyalarda malaka oshirish bo'yicha takliflar ham bildirildi. Shuningdek, yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.