x

Zamonaviy genetika rivojiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

    21.11.2024

     Bugungi kunda genetik tibbiyot sohaning eng muhim va tez rivojlanayotgan yo‘nalishi hisoblanadi. Genetik tibbiyot tajribasi va yangi texnologiyalarni mamalakatimiz sog‘liqni saqlash tizimiga joriy qilish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
     2024 yilning 21-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ko‘p tarmoqli klinikasi xirurgiya markazida HRBP BGI Genomics (Xitoy) spikeri Roman Zubarev tomonidan "Zamonaviy genetika va genetik texnologiyalar" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda sohaga doir so‘nggi yangiliklar va texnologiyalar haqida ma’lumotlar berildi.

      Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.