Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi tomonidan universitetda tahsil olayotgan xorijlik talabalar uchun “Immunologiyaning zamonaviy, xavfsiz va tezkor yechimlari” mavzusida seminar tashkil etidi.
Seminarda ilmiy-amaliy markaz direktori,professor Dilafro‘z Xolmurodova tomonidan immunologiyaning kelajak tibbiyotdagi oʻrni hamda dolzarb muammolarni hal qilish muhim ahamiyat kasb etishi haqida toʻxtalib, tashkil etilayotgan mazkur seminar talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi. Seminarda ma’ruzachilar tomonidan immunitetni rivojlantirish, immun tizimi va uning ahamiyati to’g’risida ma’ruzalar o’qildi.
Seminar xorijlik talabalarning faol ishtiroki bilan qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o’tdi. Ishtirokchilar tomonidan bu kabi seminarlarni doimiy tarzda tashkil etish taklifi bildirildi.