x

Ilmiy-amaliy markaz faoliyatiga dpir strategik sessiyalar tashkil etildi

    25.10.2025

     Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida Jahon banki PRIM grant dasturi doirasida markaz faoliyatini strategik rivojlantirishga qaratilgan sessiya tashkil etildi.

     Sessiyada Protas Aleksandra Vladimirovna tomonidan genomika, immunologiya va allergologiya yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar uchun bir qator o‘quv-trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish maqsadida malakali mutaxassislarni jalb etish, markazning ilmiy va o'quv salohiyatini oshirish, faoliyatni tizimli rejalashtirish hamda ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan ma'ruzalar qilindi.