x

Ilmiy-amaliy markazda strategik rivojlanishga qaratilgan sessiya o'tkazildi

    21.05.2025

     SamDTU huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida Jahon banki PRIM grant dasturi doirasida strategik rivojlanishga qaratilgan muhim sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiya xorijlik konsultant, professor Konstantin Nikolayevich Semenov tomonidan tashkil etildi.

     Tadbirda markaz xodimlari va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etib, ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy va ommabop nashrlarda markaz xodimlari va tadqiqotchilarning ilmiy ishlari soni hamda sifatini oshirish kabi bir qator istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Tashkil etilgan strategik sessiyalar nafaqat markaz xodimlari, balki, boshqa ilmiy tadqiqotchilar va magistr hamda ordinatorlar uchun ham bidek manfaatli bo'ldi.