x

Strategik sessiya tashkil etildi

    20.11.2025

     Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida Jahon banki PRIM grant dasturi doirasida markaz faoliyatini strategik rivojlantirishga qaratilgan sessiya tashkil etildi.

     Mazkur sessiya Shavkat Qarshiyev tomonidan tashkil etilib, unda asosan markazda olib boriladigan laborator analiz va tahlil jarayonlarini zamonaviylashtirish, bu yo'nalishda xodimlar malakasini oshirishni yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek, tahliliy ilmiy ishlanmalarni taqdim qilish va ularni xalqaro jurnallarda nashr qilish masalalari muhokama qilindi.