x

Markazni rivojlantirishga qaratilgan strategik sessiyalar o'tkazildi

    06.11.2025

     Jahon banki PRIM grant dasturi doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida markaz faoliyatini strategik rivojlantirishga qaratilgan sessiya tashkil etildi.

     Mazkur sessiyada Popova Yelena Aleksandrovna tomonidan genomika, immunologiya va allergologiya sohalarida xodimlar uchun bir qator o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish maqsadida mutaxassislarni jalb etish, markazning ilmiy salohiyatini oshirish, faoliyatni tizimli rejalashtirish hamda ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga doir fikrlar bildirildi.