Jahon bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan “Ilmiy tashkilotlarni modernizatsiya qilish” (PRIM) grant dasturi asosida Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida grant mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda loyihaning belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligi atroflicha oʻrganildi.
Monitoring jarayonida markaz direktori Dilafruz Xolmurodova tomonidan grant doirasida bajarilgan ishlar boʻyicha batafsil taqdimot oʻtkazildi. Unda ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash, ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, loyiha ijrosi bilan bogʻliq barcha zarur hujjatlar ishchi guruh aʼzolariga taqdim etilib, moliyaviy va tashkiliy jarayonlarning shaffofligi, belgilangan talablar va meʼyorlarga muvofiqligi yuzasidan tegishli baholash ishlari olib borildi.
Monitoring yakunlari boʻyicha markaz faoliyatiga ijobiy baho berilib, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatda ilm-fan va innovatsion tizimni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshayotgani alohida taʼkidlandi.

.jpg)



