x

Janubiy Koreyaning eGnome kompaniyasi bilan hamkorlikda "K-Bio Innovation Center" genetik tadqiqotlar markazi va laboratoriyasi quriladi

    23.04.2025

     Samarqand davlat tibbiyot universiteti bugunga qadar Janubiy Koreyaning bir qancha ta’lim muassasalari hamda yetakchi tibbiyot kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. Jumladan, universitet delegatsiyasining mazkur mamlakatga safari davomida bir qancha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Xususan, Janubiy Koreyaning yuqori aniqlikdagi mikrobiom tahlillariga ixtisoslashtirilgan “eGnome” kompaniyasi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti va universitet huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga ko‘ra  Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida "davlat va xususiy sheriklik" tamoyillari asosida "K-Bio Innovation Center" ("K-Bio Innovation Center"), "Genetik tadqiqotlar markazi va laboratoriyasi" hamda "Kindik qoni banki" loyihalarini amalga oshirishga kelishildi.

     Mazkur istiqbolli loyihani amalga oshirish uchun “eGnome” kompaniyasi tomonidan sarmoya kiritilib,  ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlardan foydalangan holda markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilab olindi.