x

Xorijlik mehmonlar delegatsiyasi tashrif buyurdi

    20.09.2025

     Joriy yilning 19-sentyabr kuni SamDTU huzuridagi  Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markaziga Serbiyaning Nish universiteti hamda Bolgariya texnika universitetining biotexnologiya va bioinjineriya bo‘yicha yetakchi mutaxassislari tashrif buyurdi.

     Mehmonlarni SamDTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Aziz Kubayev hamda ilmiy-amaliy markaz direktori Dilafruz Xolmurodovalar kutib oldi.

     Mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda universitet huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

     Tashrif doirasida o‘zaro uchrashuv tashkil etilib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

     Xorijlik delegatsiya vakillari SamDTU huzuridagi  Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishi biotibbiyot, inson genomikasi sohalarida yangi ufqlarni ochishiga umid bog‘ladilar.