Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi Xitoyning Shinjon tibbiyot universitetida bo‘lib, bir qator hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.
Jumladan, tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Xolmurodova Dilafruz Quvvatovna ishtirokida Shinjon tibbiyot universitetiga qarashli immunologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish laboratoriyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga ko‘ra kelgusida birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlari va izlanishlarni olib borish, ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda soha rivojini yanada jadallashtirish nazarda tutilgan.



