Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi bugungi kunga qadar dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda.
Jumladan, ilmiy-amaliy markaz direktori Dilafruz Xolmurodova Xitoyga xizmat safari davomida Shihezi universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida o‘zaro hamkorlikka qaratilgan kengaytirilgan uchrashuvlar tashkil etilib, immunologiya sohasini rivojlantirish hamda kasalliklarni erta tashxislashni yo‘lga qo‘yishda amaliy hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda Shihezi universiteti milliy sog‘liqni saqlash immunologiya laboratoriyasi hamda Uxan universiteti Immunologiya markazi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.
SamDTU huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazining yetakchi xorijiy mamlakatlar sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan hamkorligining rivojlanishi, mamlakatimizda immunologiya va inson genomikasi rivojining yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim rol o‘ynaydi.