x

Strategik rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha sessiya tashkil etildi

    03.11.2025

     Jahon banki PRIM grant dasturi doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazining strategik rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha eksperti E’zozbek Rizayev tomonidan strategik sessiya tashkil etildi.

     Sessiya markazning ilmiy va o‘quv salohiyatini oshirish, faoliyatni tizimli rejalashtirish hamda ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan bo‘lib, unda markaz xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.