x

Immunitetga eʼtibor - sogʻlom hayot garovi!

    22.03.2025

     Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi tomonidan SamDTU akademik litseyida "Immunitetga eʼtibor - sogʻlom hayot garovi" mavzusida seminar tashkil etildi.

     Seminarda ilmiy-amaliy markaz direktori, professor Dilafruz Xolmurodova hamda maʼruzachilar tomonidan litsey talabalariga immunitet va uning inson salomatligidagi oʻrni haqida qiziqarli va qimmatli maʼlumotlar berilib, fikr va mulohazalar tinglandi.

     Tashkil etilgan seminar savol-javob tarzida davom etib, litsey talabalarining bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun maydon boʻlib xizmat qildi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.