x

Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Xitoy xalq tabobati markazini tashkil qilish masalasi muhokama qilindi

    04.04.2025

     Joriy yilning 3-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

     Mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti va unda yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, universitet tarixi muzeyiga ham tashrif buyurib, qariyb 100 yillik tarixga ega universitet haqida ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo‘ldilar.

     Xitoy delegatsiyasining tashrifi doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, SamDTU bilan hamkorlikda Samarqandda ilk bor Xitoy xalq tabobati markazini tashkil etish, sog‘liqni saqlash tizimidagi xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvini rivojlantirish hamda kelgusida tegishli yo'nalishlarda qo'shma magistratura ta'lim dasturlarini tashkil etish  yuzasidan muzokaralar olib borildi.

     Shuningdek, mehmonlar universitet talabalari bilan ham muloqotda bo'lib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.