Joriy yilning 4-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi tomonidan “Uglerod nanostrukturalari: tibbiyotda qo‘llash istiqbollari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida talabalarga mavzu yuzasidan kerakli ma’lumotlar berilib, uglerod asosidagi nanotexnologiyalarning zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni va kelajakdagi imkoniyatlari muhokama qilindi.



