x

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida ilmiy-amaliy markaz tomonidan ko‘rgazma tashkil etildi

    16.04.2025

     “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi tomonidan ko‘rgazma va seminar tashkil etildi.

     Ko‘rgazmada markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar namoyishi amalga oshirilib, seminar davomida markaz faoliyati hamda xalqaro hamkorligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.