x

Talabalar uchun seminar tashkil etildi

    24.05.2025

     Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi direktor o‘rinbosari, professor K.N.Semenov hamda professor V.V.Sharoyko tomonidan talabalar uchun ilmiy seminar tashkil etildi.

     Seminar davomida talabalarga “Interleykin 1 beta(ИЛ-1β) sitokinining saraton kasalligidagi patogenetik roli va klinik ahamiyati” hamda bir qator immunologik, genetik muammolar yuzasidan ma’ruzalar qilinib, fikr almashildi.

     Seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan anjumanlar va seminarlarda faollik ko‘rsatgan talabalarga ilmiy-amaliy markaz direktori, professor Dilafruz Xolmurodova tomonidan Tashakkurnomalar taqdim etildi.