Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida Jahon banki PRIM grant dasturi doirasida markaz faoliyatini strategik rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan sessiya tashkil etildi.
Ushbu sessiya xorijlik konsultant, professor Konstantin Nikolayevich Semenov rahbarligida o‘tkazildi. Sessiya markaz xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.


