x

Markazning strategik rivojlanish yo‘nalishlariga bag‘ishlangan sessiya tashkil etildi

    14.02.2025

     Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida Jahon bankining PRIM grant dasturi doirasida markazning strategik rivojlanish yo‘nalishlariga bag‘ishlangan sessiya tashkil etildi. Mazkur tadbir xorijlik konsultant, professor Konstantin Nikolayevich Semenov tomonidan o‘tkazildi.

     Sessiya markaz xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy va ommabop nashrlarda markaz xodimlari va tadqiqotchilarning ilmiy ishlari soni hamda sifatini oshirish kabi bir qator istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Tashkil etilgan strategik sessiyalar nafaqat markaz xodimlari, balki, boshqa ilmiy tadqiqotchilar va magistr hamda ordinatorlar uchun ham bidek manfaatli bo'ldi.