x

“Nootrop va antidepressant faollikka ega glutamatergik tizim modulyatorlari: kompyuterli dizayn, sintez hamda in vivo va in vitro tadqiqotlar” mavzusida seminar tashkil etildi

    02.12.2025

     SamDTU huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan Jahon banki PRIM grant loyihasi doirasida markaz xodimlari va ilmiy izlanuvchilar uchun xalqaro mutaxassislar ishtirokida seminarlar tashkil etilmoqda.

     Jumladan, Kimyo fanlari nomzodi, laboratoriya mudiri Vladimir Aleksandrovich Palyulin tomonidan “Nootrop va antidepressant faollikka ega glutamatergik tizim modulyatorlari: kompyuterli dizayn, sintez hamda in vivo va in vitro tadqiqotlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

     Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.